orbita.uz Open in urlscan Pro
151.106.100.199  Public Scan

URL: https://orbita.uz/
Submission: On July 16 via api from US — Scanned from DE

Form analysis 2 forms found in the DOM

POST index.php

Name: form-loginPOST index.php

<fieldset class="input">

Lоgin

Parol

Yodda saqlash

</fieldset>

Parolni unutdingizmi?

Loginni unutdingizmi?

Text Content

* Materiallarga o'tish.
* Bosh navigatsiyaga o'tish.
* Birinchi ustunga o'tish.
* ikkinchi ustunga o'tish.

ORBITA . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

* Asosiy
* Maqolalar
* Ma'lumotnomalar
* Olimlar

* SI birliklari
* Bu-qiziq...
* Kutubxona
* Minbar
* Sayt haqida
* Muallif & blog

Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

TURLAR MIQDORINING EKOTIZIM MAYDONIGA BOG‘LIQLIGI

17.01.2024 09:12 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Tabiat qonunlari

TURLAR MIQDORINING EKOTIZIM MAYDONIGA BOG‘LIQLIGI

Muayyan ekotizimda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar soni mazkur ekotizim
maydoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Maydon qanchalik katta bo‘lsa, unda
mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar soni ham ko‘proq bo‘ladi.

Haqli savol tug‘iladi: haqiqatan ham kichik ekotizimlardagi turlar soni yirik
ekotizimlardagidan ko‘ra kamroq bo‘ladimi? Bir tarafdan, maydon qanchalik katta
bo‘lsa, undagi foydalanishga yaroqli bo‘lgan turli ekologik makonlar ham
shunchalik ko‘p bo‘ladi deb umid qilish mumkin. Boshqa tarafdan, masalan nima
uchun yaylov maydonining ikki barobar qisqarishi tufayli undagi biologik xilma
xillik ham shunga monand kamayadi deb o‘ylash kerak o‘zi? Tushunarliki, bunda
organizmlarning umumiy soni kamayadi albatta, lekin nimaga endi bunda o‘sha
yaylovda yashaydigan turlar soni ham kamayishi sodir bo‘ladi?

Batafsil... Mulohaza bildiring
Yangilаndi: 17.01.2024 09:34

MENDELEYEVIY

14.01.2022 15:45 Muzaffar Qosimov Ma'lumotnomalar - Kimyo

MENDELEYEVIY

Menedeleyeviy – yettinchi davrning uchinchi guruhiga mansub element. Atom raqami
101. Formulasi Md. Aktinoidlar oilasiga mansub.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Mendeleyeviyning dastlabki atomlarini 1955-yilda olimlar Albert Giorso, Bernard
Xarvi, Gregori Choppin, Stenli Tompson va Glen Siborg tomonidan Berkli
laboratoriyasida 253Es izotopi yadrosini α-zarralar bilan nurlatish yo‘li bilan
sintez qilingan. O‘shanda AQShlik ushbu ilmiy guruh mendeleyeviyning atigi 17
dona atomini hosil qilishga muvaffaq bo‘lgan edi. Keyinroq, 1962-yilda Dubna
yadroviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan 238U izotopini nurlatish usuli
bilan mendeleyeviyning yuzga yaqin atomi hosil qilingan. Elementga uni kashf
qilgan AQSh olimlari tomonidan, davriy jadvalning muallifi Dmitriy Ivanovich
Mendeleyevning nomi berilgan.

Batafsil... Mulohaza bildiring
Yangilаndi: 14.01.2022 15:49

ERG

10.01.2022 02:26 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tizimlashmagan
birliklar

ERG

Erg birligi SGS birliklar tizimida ish va energiya birligi hisoblanadi.
O‘zbekcha xalqaro belgilanishlari bir xil – erg ko‘rinishida belgilanadi
(кириллчада эрг). SI tizimiga kirmaydi.

Ta’rifi: 1 erg – 1 dina kuch sarflash orqali jismni 1 sm masofaga siljitishda
bajarilgan ish miqdoriga teng bo‘ladi:

Batafsil... Mulohaza bildiring
Yangilаndi: 10.01.2022 02:30

QUYOSHGA YETIB BORDIK!

17.12.2021 21:40 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Astronomiya

QUYOSHGA YETIB BORDIK!

2021-yil ham yakunlanib bormoqda. Shubhasizki, ushbu yilning eng katta
astrofizik va umuman eng katta ilmiy yangiliklaridan biri – tarixda ilk bora
inson qo‘li bilan yasalgan apparat Quyoshga yetib borganligi bo‘ldi!

Biz saytimizda NASAning Parker Solar Probe zondi Quyosh tomon yo‘lga chiqqani
haqida 2018-yilning avgust oyida xabar bergan edik. Ushbu kosmik apparat
astrofizik olim Yujin Parker sharafiga nomlangan bo‘lib, missiyaning maqsadi –
imkon qadar Quyoshga yaqin borish va yulduzimizni bevosita ichkarisini o‘rganish
hisoblanadi. Apparat o‘sha yilning noyabrida Quyoshga yaqin yetib borgan bo‘lib,
shu choqqacha bir necha marotaba unga maksimal yaqinlashishga erishdi. Shunday
yaqinlashishlardan biri 2021-yilning aprel oyida sodir bo‘lgan edi va kuni kecha
Physical Rewiew Letters jurnalida chiqqan maqolada aytilishicha, apreldagi o‘sha
yaqinlashuv paytida, Parker zondi Quyosh toji ichkarisiga kirishga muvaffaq
bo‘lgan! Bu degani, demak tarixda ilk bora odamzot qo‘li bilan yasalgan apparat
Quyoshga yetib bordi demakdir. Ushbu misli ko‘rinmagan yirik ilmiy natija
albatta astrofizika sohasi uchun 2021-yil tarixiy yil bo‘lib qolishini
kafolatlaydi. Zero endi insoniyat Quyoshga yetib bordi deb bemalol aytish
mumkin.

Batafsil... Mulohaza bildiring
Yangilаndi: 17.12.2021 22:02

RUTKITLAR EVOLYUTSIYASI VA ANIQLASH USULLARI

30.11.2021 16:32 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Axborot xavfsizligi

RUTKITLAR EVOLYUTSIYASI VA ANIQLASH USULLARI

KIRISH

Kompyuterlarga xakerlik hujumlari uyushtiruvchi badniyat kimsalar arsenalida
rutkitlar boshqa zararkunanda dasturlarchalik ko‘p qo‘llanilmaydi. Masalan,
Bitdefender kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlanayotgan zararkunanda
dasturlar orasida rutkitlar 1% dan ham kam ulushni tashkil qiladi. Lekin,
aniqlangan barcha holatlarning barchasi yirik xakerlik hujumlari bilan bog‘liq.
Masalan, badniyat kimsalar tomonidan Remsec nomli rutkit vositasida o‘tkazilgan
kiberjosuslik harakati Strider nomli APT-kiberjosuslik harakati tomonidan olib
borilgani ma’lum. Bunda Strider to‘dasi Belgiya, Shvetsiya, Eron, Rossiya va
Ruanda mamlakatlaridagi davlat organlariga xakerlik hujumi uyishtirgan va shifr
kalitlarini o‘marib, serverlarning IP-manzillari va boshqa muhim ma’lumotlarni
o‘g‘irlashgan.

Batafsil... Mulohaza bildiring
Yangilаndi: 30.11.2021 17:51

PPM – MILLIONDAN ULUSH

09.11.2021 10:18 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tizimlashmagan
birliklar

PPM – MILLIONDAN ULUSH

ppm – muayyan nisbiy kattalikning asosiy ko‘rsatkichga nisbatan 1·10‒6 ulushiga
teng bo‘lgan o‘lchov birligidir. Termin inglizcha parts per million so‘zlarining
birinchi harflaridan yasalgan bo‘lib, pi-pi-em deb o‘qiladi. Matematik
belgilanishlarda ppm birligi o‘rniga shuningdek mln‒1 deb belgilash holatlari
ham uchraydi, ba’zan esa matn ichida shunchaki oddiy o‘zbekcha qilib «m.u.»
(«m.u.» - milliondan ulush degani bo‘ladi). Matematik jihatdan ppm quyidagi
nisbatlarga teng bo‘ladi:

* 1 mln‒1= 0,001 ‰ = 0,0001 % = 0,000001 =10‒6;
* 1 % = 10 000 ppm;
* 1 ‰ = 1000 ppm.

Batafsil... Mulohaza bildiring

Yangilаndi: 10.11.2021 08:46

KO‘RINMAS YOV - IS GAZI

09.11.2021 07:49 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Maqolalar

KO‘RINMAS YOV - IS GAZI

Is gazi, yoki, uglerod monooksidi – CO bu – hidsiz, ta’msiz va rangsiz gaz
bo‘lib, yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Is gazi odamlar
uchun ham va jonivorlar uchun ham zaharli hisoblanadi.

Is gazi organizmga nafas yo‘llari orqali kirib keladi va kislorodning kirishini
to‘sib, organizm faoliyatini izdan chiqaradi. Organizmda kislorod
yetishmovchiligi boshlangach, hammadan ham ko‘ra ko‘proq bosh miya, asab tizimi
hamda, hamda yurak mushaklari bunga sezgirlik namoyon qiladi. Shu sababli ham,
is gazidan zaharlangan odam vaziyatning nechog‘lik xavfli ekanini o‘zi yaxshi
anglolmay qoladi. U o‘ziga nimadir bo‘layotganini bilib tursa ham, fikrini
jamlay olmaydi, hushini yig‘a olmasdan, dezorientatsiyaga yo‘liqadi, hamda,
o‘zini-o‘zi qutqarishga ojizlik qilib qoladi. Odam hatto uyg‘oq paytda, es-hushi
o‘zida bo‘lgan, bardam, tetik holatida ham is gazining zimdan ko‘rsatayotgan
ta’sirini payqashi qiyin bo‘ladi. Uyqu paytida esa odam o‘z organizmi is gazidan
zaharlana boshlaganini umuman sezmay qolishi ham hech gap emas.

IS GAZI PAYDO BO‘LADIGAN JOYLAR

Is gazi odatda yonishni ta’minlash uchun yetarli kislorod bo‘lmagan holatlarda,
ya'ni, yonilg‘i chala yonganda ajralib chiqa boshlaydi. Bunday holat esa pechka
o‘rnatilgan xonalardagi mo‘rilarning tiqilib to‘lib qolishidan va
ventilyatsiyaning nosozligidan yuzaga keladi. Ya'ni, mo‘ri tiqilib qolgan bo‘lsa
va ventilyatsiya nosoz bo‘lsa, ichkariga toza havo kirmaydigan xonada yoqilgan
yoqilg‘idan oddiy tutunga qo‘shilib is gazi ham ko‘p miqdorda ajralib chiqa
boshlaydi. Mo‘ri berkligi sababli, ushbu tutun va is gazi hech qayoqqa chiqib
ketolmasdan, xona ichida to‘plana boshlaydi va buning natijasida, o‘z navbatida
xonadagi kislorod miqdori yanada kamayib boradi. Oqibatda yonishni ta’minlab
turgan kislorod miqdori yanada va yanada kamayib, chala yonish esa yana kuchayib
boradi. Gaz qurilmalarida hosil bo‘ladigan tutun gazlarining rangi va hidi
bo‘lmaydi. Shu sababli ham tutun gazlari va is gazi xonaga sizib chiqa
boshlaganini sezmay qolishi mumkin. Qozonda ovqatning kuyib ketishidan ham is
gazi yuzaga kelishi va zaharlanish sodir bo‘lishi mumkin. Lekin, baribir odatda
kishilarning is gazidan zaharlanishi kuzatilgan aksar holatlarda buning sababi
nosoz pechka va mo‘rilar, hamda, nosoz ventilyatsiya bo‘lib chiqadi.

Batafsil... Mulohaza bildiring
Yangilаndi: 09.11.2021 10:22

ZARARKUNANDA DASTURLAR EVOLYUTSIYASI

12.10.2021 18:42 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Axborot xavfsizligi

ZARARKUNANDA DASTURLAR EVOLYUTSIYASI

Viruslar, chuvalchanglar, troyanlar va boshqa zararkunandalar haqida

Kompyuter viruslari tezkor evolyutsiyalanmoqda. Xavfsizlik texnologiyalari bilan
o‘tkir raqobat muhitida, viruslar ham o‘z strategiyasini o‘zgartirib,
mukammallashib boryapti. Kompyuter viruslari tarixi qanday boshlangan edi va
uning keyingi yo‘nalishi qanday bo‘ladi? Biz Orbita.Uz’da Sizga shu haqida
hikoya qilishga jazm qildik.

Germaniya. Tez tibbiy yordam mashinasi Dyusseldorfdan qo‘shni shaharcha –
Vuppertalga shoshib uchib bormoqda. Og‘ir ahvoldagi qariya bemorga zudlik bilan
tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Vrachlar jarrohlik amaliyotini boshlashadi,
lekin allaqachon kech bo‘lgan edi. Bemor ayol vafot etdi.

Bu hodisaning sababi – Dyusseldorf klinikasida kerakli tibbiy jihozlar
yo‘qligidan emas. Gap shundaki, bu voqeadan bir kun avval amalga oshirilgan
xakerlar hujumi oqibatida, 30 ta server qatorida Dyusseldorf shahar klinikasida
ham axborot tarmog‘i ishdan chiqqan edi va kasalxonaning barcha axborot
tarmoqlari ikki hafta muddatga ishdan to‘xtab qolgandi. Natijada, ushbu
kasalaxonada qilinishi rejalashtirilgan operatsiyalarni boshqa klinikalarga
ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan, bemorlarni qabul qilish to‘xtatilgan va umuman,
kasalxona o‘z funksiyalarini bajara olmay qolgan.

Xakerlar hujum obyektini noto‘g‘ri tanlashgan edi va keyinchalik, o‘z xatolarini
tushungan holda, serverlardagi ma’lumotlarni tiklash kalitini ham o‘zlari taqdim
etishgan. Lekin allaqachon kech bo‘lgandi. Shu tariqa, 2020-yilda, tarixda
birinchi marta, kiberhujum natijasida odamning vafot etishi hodisasi ro‘y berdi.

Batafsil... Mulohaza bildiring
Yangilаndi: 30.11.2021 17:44

CHIGIRTKA VA TUB SONLAR

21.05.2021 14:58 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Qiziqarli matematika

CHIGIRTKA VA TUB SONLAR

Shu kunlarda sayyoramizdagi eng g'aroyib va sirli-jumboqli davriy biologik
fenomenlardan biri - Shimoliy Amerikada magicicada sikada chigirtkalarining 17
yilda bir chiqadigan turining yer sirtiga chiqish hodisasi kuzatilmoqda. Bu tur
chigirtkani odamlar faqat har 17 yilda ko'radilar xolos. Ular har 17 yilda,
aprel-may oylarida, yuzadan 20 sm pastdagi tuproq qatlamining harorati 17 °C ga
yetganda tuproqdan yoppasiga ko'tarilib, tashqariga chiqa boshlaydi va yaqin
oradagi daraxtlarni ishg'ol qilib, quloqni qomatga keltiruvchi shovqin
chiqaradi. Avvalgi safar bu chigirtkalar 2004 yilda yuzaga chiqqan edi. Bu
safargi sikadalar chiqishi 17-maydan e'tiboran kuzatila boshlangan. Entomologlar
uchun ayni kutilgan damlar keldi!

Batafsil... Mulohaza bildiring
Yangilаndi: 21.05.2021 16:27

NOYOB YER GIPOTEZASI

22.04.2021 12:07 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Qiziqarli fizika

NOYOB YER GIPOTEZASI

Biz Koinotdagi yagona ongli hayot vakili bo‘lsak kerak...

Yerdagi hayot bir necha muhim va nozik omillarning o‘ta muvaffaqiyatli
uyg‘unligi, xuddi, favqulodda omadli baxtli tasodif singari moslik natijasida
vujudga kelgan. Masalan, Oyning mavjudligi ham beqiyos o‘ringa ega - deyiladi
"Noyob Yer" gipotezasiga ko'ra.

Noyob Yer gipotezasiga qarama-qarshi gipoteza «xashaki Yer gipotezasi» deyiladi.
Unga ko‘ra, Yer Koinotdagi eng oddiy (xashaki) bir o‘rtamiyona sayyora bo‘lib,
unga alohida maqom va tus berish kerak emas deyiladi. Ushbu ikki nazariyaning
oltin o‘rtaligini ko‘zlovchi boshqa ilmiy dalillarning esa sanog‘i yo‘q. Demak,
biz yoki o‘ta noyob hayot shaklimiz va yoki, biz singari hayot shakli Koinot
bo‘ylab istalgancha topiladi va shu sababli, biz singari hayot shakli o‘ta
xashaki, oddiy hayot shakli xolos.

Batafsil... Mulohaza bildiring
Yangilаndi: 22.04.2021 12:23

Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
* Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi
* 22-aprel Ona Yer kuni
* Aldamchi kimyo
* Oltin nisbat

*  birinchi
*  avvаlgi
*  1
*  2
*  3
*  4
*  5
*  6
*  7
*  8
*  9
*  10
*  kеyingi
*  so'nggi

Maqolaning 1 sahifasi, jami 54 sаhifа

* Asosiy sahifa
* Maqolalar
* Ma'lumotnomalar
* Olimlar
* Bu-qiziq...
* Xalqaro Birliklar Tizimi - SI
* Kutubxona

TASHRIF

Lоgin

Parol

Yodda saqlash

* Parolni unutdingizmi?
* Loginni unutdingizmi?

SAYTDAGI YANGI MAQOLALAR

* Turlar miqdorining ekotizim maydoniga bog‘liqligi
* Mendeleyeviy
* Erg
* Quyoshga yetib bordik!
* Rutkitlar evolyutsiyasi va aniqlash usullari
* ppm – milliondan ulush
* Ko‘rinmas yov - IS GAZI
* Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi
* Chigirtka va tub sonlar
* Noyob Yer gipotezasi
* Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi
* 22-aprel Ona Yer kuni
* Aldamchi kimyo
* Oltin nisbat
* Genlar dreyfi
* O‘zbekistonning havaskor astronomlari
* Elektromobillar erasida yordamga ummon keladi
* Mezelson-Shtal eksperimenti
* DNK
* π sonini cheksiz qator yig‘indisi sifatida ifodalanishi

ORBITAL LATIFALAR :) :)

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!

BIRLIKLAR KONVERTORI

Birlik / Kattalik turini tanlang:Kattalikni
tanlang==>>AxborotBosimBurchakEnergiyaHaroratHajm (Suyuqlik uchun)Hajm
(Sochiluvchan moddalar
uchun)KuchUzunlikMaydonQuvvatTezlikVaqtVaznYoritilganlikZichlik
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

ORBITA.UZ FACEBOOKDA:

TASHRIFLAR XARITASI:

Large Visitor Globe

ORBITA.UZ TAVSIYA ETADI:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati,
qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan,
onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн
ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.

Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib
veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu
yerda!
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.

KONTENT STATISTIKASI

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11238062

TAFAKKUR DURDONALARI

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis

©2012- 2024 Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra! Hamma huquqlar himoyalangan.
Bog'lanish uchun elektron manzilimiz: Orbita.uz@gmail.com
Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganida, saytga havola
ko'rsatish shart emas, ammo lekin, judayam ma'qullanadi! :)